1 Noyabr 2021 1417

Toshkentda MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya MOQ rahbarlari ishtirokida mintaqaviy forum boshlanmoqda

Poytaxtimizda MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya MOQ rahbarlari o‘rtasida mintaqaviy forum boshlanmoqda. Unda ushbu mintaqa vakillarining Milliy Olimpiya qo‘mitalari rahbarlari va mutasaddilari ishtirok etishadi.

Mazkur forumni o‘tkazishdan maqsad MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya davlatlari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda olib borilayotgan hamkorlikni sport yo‘nalishida yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va birgalikda taraqqiy etishning yangi rejalarini muhokama qilishdir. Mazkur forumda mintaqaning 14 mamlakatidan 34 nafar delegat ishtirok etmoqda. Ular orasida bir nechta MOQ prezidentlari, Bosh kotiblari, yaqin o‘tmishda nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlarini ham uchratish mumkin.

Ertaga “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida forumning yalpi yig‘ilishlari boshlanadi. Unda mintaqamiz sportini rivojlantirish, yangi strategik rejalar xususida ma’ruza va takliflar o‘qib eshittiriladi.

Text to speech