31 Oktyabr 2021 2074

Davlat Bobonov harbiylar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatidan xushxabar davom etadi. Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.

-90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi hal qiluvchi final bahsida braziliyalik Godoy De Machedoni mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Davlat Bobonov finalga qadar Avstriya, Rossiya va Slovakiya dzyudochilaridan ustun kelgan edi. Shuningdek, bugungi bellashuvlar davomida Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) ham chempionlik uchun tatamiga chiqsa, Bekmurod Oltiboyev va Shohruh Baxtiyorov (ikkalasi ham +100 kg) bronza medallari uchun Finlyandiya va Slovakiya vakillariga qarshi kurash olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlar yakunida Dilshod Baratov (-60 kg) va Diyora Keldiyorova (-52 kg) ham oltin medalni qo‘lga kiritishgan edi.

Text to speech