31 Oktyabr 2021 1519

Ahroljon Ro‘ziyev yana besh yil muddatga UWW vitse-prezidentligiga saylandi

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan avval Birlashgan kurash dunyosi (UWW)ning Kongressi o‘tkazildi.

Kongressning biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, unda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari, professor Ahroljon Ro‘ziyev yangi 5 yillik muddatga UWW Byurosi a’zoligi uchun saylandi.

Shuningdek, UWW Byurosi a’zoligiga Fuad Meskut (Marokash), Mixail Mamiashvili (Rossiya), Don Ryan (Kanada), Pedro Gama Filo (Braziliya), Lucho Kaneva (Italiya) ham saylanishdi.

Shuningdek, tashkilotning amaldagi rahbari Nenad Lalovich ham yana 5 yil muddat UWW prezidenti bo‘lib ish olib boradi.

Ma’lumot uchun, Ahroljon Ro‘ziyev 2014 yildan to shu kungacha UWW vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Aynan 2014 yil Toshkentda o‘tgan Kongressda FILA nomi UWWga o‘zgartirilgan edi. Shunisi bilan ham Toshkent Kongressi tarixiy hisoblanadi.

Text to speech