Ikki dzyudochimiz harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozonishdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
O‘z tarixida yubiley 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqaning birinchi kuni ayollar -48, -52, -57, 63 kg, erkaklar esa -60, -66 va -73 kg vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishdi.
Quvonarlisi, hamyurtlarimizdan Diyora Keldiyorova (-52 kg) va Dilshodbek Baratov (-60 kg) barcha raqiblarini yengib, jahon chempioniga aylanishdi. Dzyudochilarimiz sharafiga ikki bor O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi.
Ayollar:
-48 kg:
1. Shirayn Bukli (Fransiya)
2. Irina Dolgova (Rossiya)
3. Amanda De Lima Ferreyra (Braziliya)
3. Jakyulin Springer (Avstriya)
-52 kg:
1. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston)
2. Juliya Dit Veyl (Fransiya)
3. Chen Muniyer (Fransiya)
3. Anna Borodina (Ukraina)
-57 kg:
1. Rafaela Silva Lopes (Braziliya)
2. Jessika Lima Kouto (Braziliya)
3. Anastasiya Konkina (Rossiya)
3. Anna Kujera (Polsha)
-63 kg:
1. Andreya Leski (Slovakiya)
2. Magdalena Krssakova (Avstriya)
3. Darya Davidova (Rossiya)
3. Aleksiya Kastilos (Braziliya)
Erkaklar:
-60 kg:
1. Dilshodbek Baratov (O‘zbekiston)
2. Jolan Florimont (Fransiya)
3. Autris Daniel Leutgeb (Avstriya)
3. Bekirbek Morgoyev (Ukraina)
-66 kg:
1. Villiyam De Souza (Braziliya)
2. Alim Balkarov (Rossiya)
3. Abrek Naguchev (Rossiya)
3. Reda Seddouki (Fransiya)
-73 kg:
1. Lukas Reyter (Avstriya)
2. Benjamin Aksus (Fransiya)
3. Devid Lima (Braziliya)
3. Kazbek Naguchev (Rossiya)