FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 Oktyabr 2021 3531

Bokschilarimizning g‘alabali yurishlari davom etishini tilab qolamiz

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Bugun musobaqaning yettinchi kuni doirasida to‘rt nafar vakilimiz ringga ko‘tariladi.

Dastlab kunduzgi dasturda Shahobiddin Zoirov (-54 kg) va Lazizbek Mullajonov (+92 kg) bahs olib borsa, kechki dasturda Abdumalik Xalakov (-60 kg) hamda Madiyar Saidrahimovning (-92 kg) ham chiqishi muxlislarimizni kutib turibdi. Ularning raqiblari va jang vaqtlari haqida batafsil:

-54 kg: Shahobiddin Zoirov – Tomoya Suboi (Yaponiya) (17:00)
+92 kg: Lazizbek Mullajonov – Delisius Ore (Angliya) (19:40dan so‘ng)
-60 kg: Abdumalik Xalakov – Tadey Chernoga (Sloveniya) (22:10dan so‘ng)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov – Aibek Oralbay (Qozog‘iston) (00:40dan so‘ng)

Text to speech