30 Oktyabr 2021 1349

Yana bir bokschimiz JChdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirdi

Mahoratli bokschimiz Odiljon Aslonov Belgradda o‘tkazilayotgan jahon chempionatida navbatdagi bosqich masalasini ijobiy hal etdi.

Italiyalik Simone Fioriga qarshi bahsda vakilimiz o‘zining ajoyib harakatlari va chiroyli boksi bilan raqibi ustidan munosib g‘alabani qo‘lga kiritdi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan vakilimizga chorak final yo‘lida kechadigan uchinchi bosqichda ham omad tilab qolamiz.

Text to speech