FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Oktyabr 2021 4272

Samarqandda kamondan otish bo‘yicha birinchi “To‘maris” kubogi g‘oliblari aniqlandi

Ma’lum qilganimizdek, Samarqand shahridagi “Dinamo” sport majmuasida kamondan otish bo‘yicha ayollar o‘rtasida dastlabki xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. “To‘maris” nomi ostida o‘tgan musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Gruziya, Ukraina, Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston vakillari ham ishtirok etishdi.

Natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, yakkalik bahslarida rossiyalik Viktoriya Budayeva eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ushbu sportchi boshchiligidagi rossiyalik qizlar jamoaviy yo‘nalishda ham birinchi o‘ringa ko‘tarilishdi. Ular bilan hal qiluvchi bosqichda raqobat olib borgan qizlarimiz kumush medallar bilan taqdirlandilar.

Yakkalik:
1. Viktoriya Budayeva (Rossiya)
2. Polina Rodionova (Ukraina)
3. Viktoriya Xaritonova (Rossiya)

Jamoaviy:
1. Rossiya (Viktoriya Budayeva, Viktoriya Xaritonova, Soyelma Sirenova)
2. O‘zbekiston (Ziyodaxon Abdusattorova, Munira Nurmanova, Kamola Yunusova)
3. Miks-8 (Jibek Kanatbek qizi (Qirg‘iziston), Siko Putkaradze (Gruziya), Polina Rodionova (Ukraina))

Text to speech