FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Oktyabr 2021 3734

Sherzod Tashmatov Namangan OZKdagi o‘quv jarayoni bilan tanishdi

Ayni paytda Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov viloyat Olimpiya zaxiralari kollejida bo‘ldi. Sherzod Rixsibayevichga tashrif davomida Namangan viloyati Turizm va sport boshqarmasi mutasaddilari, viloyat OZK rahbariyati hamrohlik qildi.

MOQ raisi o‘rinbosari o‘rganishlari davomida kollejda o‘qiyotgan yosh sportchilar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayoni haqida suhbatlashdi. Ushbu o‘quv-maskani ham terma jamoalarimizga bir qator iste’dodli yoshlarni yetkazib bergan bo‘lib, kelajakda ham u yerda tahsil olgan iqtidor egalari jahon arenalarida porlashi kutilmoqda.

Sherzod Tashmatov xulosa o‘rnida zamonaviy metodikalar bilan ishlash, mashg‘ulotlar jarayonida innovatsion yondashuvlarga ko‘proq ahamiyat qaratish kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Text to speech