28 Oktyabr 2021 1930

Namangandagi xalqaro turnirda Sherzod Tashmatov xorijlik mutaxassislar bilan uchrashdi

Ayni kunlarda Namangan shahrida voleybol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov musobaqa mehmoni – mintaqamiz konfederatsiyasi rahbari Muhammad Latif boshchiligidagi vakillar bilan bir qator masalalarni muhokama qildi.

MOQ raisi o‘rinbosari Markaziy Osiyo voleybol konfederatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuvda ushbu sportni mamlakatimizda yanada rivojlanishning muhim yo‘nalishlariga e’tibor qaratdi. O‘z navbatida, Muhammad Latif o‘zbek voleyboli so‘nggi yillarda rivojlanishning yangi bosqichini o‘tkazayotgani, turli yosh toifalaridagi jamoalarimizning o‘sganini alohida ta’kidlab, bu borada qilinayotgan ishlarga ijobiy baho berdi. Shuningdek, mehmon yurtimizda voleybolni rivojlantirish yo‘lida xalqaro mutaxassislarni jalb qilish va federatsiyamizning rejalarini hamkorlikda muhokama qilib, unga kerakli tavsiyalarni berishini aytib o‘tdi.

Qayd etish joiz, Toshkentda kelasi yilning iyun oyida 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Sherzod Rixsibayevich suhbat davomida mehmon bilan ushbu turnirni ham yuqori saviyada o‘tkazish, uning tashkiliy masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Text to speech