FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 Oktyabr 2021 4445

Butunjahon dzyudo kuni keng nishonlanmoqda

Ma’lumki, har yili 28-oktyabr kuni butun dunyoda Butunjahon dzyudo kuni sifatida keng nishonlanadi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) bu yilgi bayram tantanalari uchun rasmiy logo hamda shior taqdim etgan. Unga ko‘ra, bugun, 28-oktyabr kungi barcha bayram tadbirlari “Birdamlik” shiori ostida o‘tkaziladi. Bayramning o‘zi esa pandemiya paytida butun insoniyatni birdamlikka chaqirib qoladi.

Ma’lumot uchun, dzyudo asoschisi Dzigoro Kano aynan 28-oktyabr sanasida dunyoga kelgan. Xalqaro dzyudo kunining aynan shu kunda nishonlanishi ham bejiz emas, albatta. Ushbu sana yuzasidan kunning birinchi yarmida bir qator viloyatlarimizdagi dzyudo bo‘limlari o‘z bayram tadbirlarini o‘tkazishdi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, kechga yaqin federatsiyamiz asosiy tadbirni tashkil qilishni mo‘ljallab qo‘ygan.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yurtimizdagi barcha dzyudochilarni, ushbu sport oilasi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasini bugungi sana bilan qutlaydi.

Text to speech