28 Oktyabr 2021 1874

Dzyudochilarimiz asosiy tarkibda harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘l olishdi

29-oktyabr – 4-noyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bugun tunda mazkur musobaqada ishtirok etuvchi jamoamiz Parij safariga yo‘l oldi.

40-bor o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada terma jamoamiz asosiy tarkib bilan ishtirok etadi. Jumladan, -90 kg vazn toifasida Tokio-2020 sovrindori, o‘z vaznida jahon reytingi yetakchisi Davlat Bobonov, shuningdek, Bekmurod Oltiboyev, Gulnoza Matniyazova, Diyora Keldiyorova kabi asosiy tarkib vakillarimiz ham tatamiga chiqadi. Avval -73 kg vazn toifasida kurashgan Hikmatilloh To‘rayev esa endi -81 kg vazn toifasida omadini sinab ko‘radi. To‘liq tarkib:

-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: Shavkat Saitqulov
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: Obidxon No‘monov
-81 kg: Hikmatulloh To‘rayev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Text to speech