FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Oktyabr 2021 3485

Yangi muvaffaqiyatlar yo‘lidagi hamkorlik

O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo federatsiyalari, Sport ilmiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida ot sportini yanada takomillashtirishda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda 3 federatsiya boshqaruvini olib borayotgan Bahromjon Gaziyev, O‘zDJTSU prorektori Kamil Bayazitov, institut direktori Rashid Matkarimov va sohaning bir qator mutaxassislari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, Prezidentimiz tomonidan yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini yurtimizda rivojlantirish borasida Qarorlar imzolangan. Mazkur hamkorlik memorandumi ushbu Qarorlar ijrosini ta’minlash yo‘lidagi qadam bo‘ldi. Unga muvofiq, universitet va institut terma jamoamiz vakillari uchun nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashda, sportchilarimizning muvaffaqiyatlari yo‘lida ilmiy jihatdan o‘z yo‘nalishida faoliyat olib boradi.

Ayni paytda O‘zDJTSUda ot sporti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ularning 17 nafari terma jamoa a’zosi hisoblanadi.

Text to speech