27 Oktyabr 2021 1819

Bugun Shohjahon Abdullayev ringga ko‘tariladi

Serbiyada boks bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun dasturida 1 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

Taxminan 18:00 da start oladigan bellashuvda -86 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Shohjahon Abdullayev jang qiladi. Bo‘lajak bahsda unga belgiyalik Viktor Shelstrit raqib bo‘ladi. Vakilimiz ushbu raqib to‘sig‘idan o‘ta olsa, uni keyingi davrada Gruziya va Xorvatiya bokschilari o‘rtasidagi bahs g‘olibi qarshi oladi.

Text to speech