Og‘ir atletikachilarimiz Turkiya va Ukraina yig‘iniga jo‘nab ketishdi
Ma’lumki, joriy yilning 7-17-dekabr kunlari Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun xorij yig‘iniga jo‘nab ketdi.
Rejaga ko‘ra, tayyorgarlik Turkiya va Ukrainada bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, vakillarimiz dastlab Antalya shahrida 11-noyabrgacha yig‘in o‘tkazishadi. Shundan so‘ng 5-dekabrga qadar Ukrainaning Kamenets-Podolsk shahrida so‘nggi tayyorgarlikni olib boradilar. Yig‘inga asosiy tarkibning 11 nafar vakili, 1 murabbiy va 1 massajchi jalb qilingan. To‘liq tarkib bilan tanishing:
Sportchilar:
Sarvar Zafarjonov
Otaxon Imomov
Hojiakbar Olimov
Doston Yoqubov
Muhammadqodir Toshtemirov
Adhamjon Ergashev
Akbar Jo‘rayev
Ruslan Nurudinov
Tursunoy Jabborova
Kumushxon Fayzullayeva
Rigina Adashbayeva
Murabbiy: Bahrom Mendiboyev
Massajchi: Obiddin Muslimov
Jamoamiz 6-dekabr kuni Toshkentga qaytib keladi. Qayd etish joiz, o‘z yurtimizda o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi birinchi jahon chempionatiga tayyorgarlik yo‘lida mazkur xorij yig‘inlari asosiy bosqich vazifasini o‘tab beradi.