Bokschilarimizning jahon chempionatidagi ishtirokini Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boshlab beradi
Bugun Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oladi. O‘tkazilgan qur’a natijasiga ko‘ra, bugun -67 kg vazn toifasida ishtirok etadigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamyurtlarimizning ishtirokini boshlab beradi.
Hamyurtimizning ilk bosqichdagi raqibi irlandiyalik Brendan Makkivi bo‘ladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 22:00 dan keyin boshlanadi. Boshqa vazn toifalaridagi qur’a natijalari bilan tanishing:
-48 kg: Nodirjon Mirzahmedov – R.Nesbitt (Irlandiya)
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Saken Bibosinov (Qozog‘iston)
-54 kg: Shahobiddin Zoirov – T.Galanov (Serbiya)
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov – J.Xarvey (AQSh) / V.Ustroi (Belgiya)
-60 kg: Abdumalik Halakov – F.Roseu (Seyshel orollari) / J.Liama (Makedoniya)
-63 kg: Mujibillo Tursunov – Z.Tashiyev (Qirg‘iziston) / T.Imanaga (Yaponiya)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – E.Makkivi (Irlandiya)
-71 kg: Shahram G‘iyosov – A.Shimbergenov (Qozog‘iston) / F.Moradi Atashga (Eron)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov – L.Ferneza (Slovakiya)
-80 kg: Odiljon Aslonov – Ye.Changalavi (Tanzaniya)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev – V.Shelstrayt (Belgiya)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov – U.Smiaxlikau (Belgiya) / J.Vasike (Keniya)
+92 kg: Lazizbek Mullajonov – P.Amiri (Eron)