O‘zbekiston basketbol federatsiyasi yangi loyiha ustida ish boshladi
FIBA Osiyo mintaqaviy byurosi Toshkentda O‘zbekiston basketbol federatsiyasi (O‘BF) uchun aloqa va suratga olish bo‘yicha seminar o‘tkazdi.
O‘BFning PR va OAV xodimlari uchun o‘tkazilgan seminarning maqsadi ularni o‘qitish, muloqot va raqamli media imkoniyatlardan foydalanish malakasini yaxshilash edi. Mahalliy chempionat va terma jamoa targ‘ibotini kuchaytirish uch kunlik dasturning bir qismi bo‘ldi.
“Osiyo mintaqaviy byuromizning jamoasini Toshkentda mamnuniyat bilan qabul qilamiz. O‘yin mobaynida raqamli va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish muhimligini juda yaxshi tushunamiz va xorijlik do‘stlarimiz tajribasini o‘rganishni xohlardik”, – dedi federatsiya bosh kotibi Ravshan G‘aniyev.
Uch kunlik dasturda qatnashchilar FIBA basketbol fotosuratlarining standarti asosida o‘qitildi. Seminarda basketbol sportiga ixtisoslashgan fotograflar sonini ko‘paytirish va ularning ish sifatini oshirishga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.