23 Oktyabr 2021 1993

“Universal jumping”da yana bir bor eng kuchli konkurchilarimiz to‘plandi

Toshkentdagi “Universal jumping” ot sporti klubi yana bir bor Respublikamizning mohir chavandozlarini jamladi. Konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan musobaqada chavandozlar “O‘zbekiston shaxsiy kubogi” uchun bahslashishdi.

Ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lgan yo‘nalish balandligi 150 sm bo‘lgan to‘siqlardan o‘tish bahsi bo‘ldi. Unda terma jamoamizning yetakchisi bo‘lib turgan andijonlik Nurjan Tuyakbayev “Kamita” laqabli otda g‘alaba qozondi. Poytaxtlik Abdurahmon Abdullayev ikki xil otda o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi va har ikkisida ham sovrinli o‘rinlardan joy oldi. Batafsil:

150 sm to‘siq balandligi, “A” toifasi:
1. Nurjan Tuyakbayev (Andijon) – “Kamita” laqabli otda
2. Abdurahmon Abdullayev (Toshkent shahri) – “Kostago”
3. Abdurahmon Abdullayev (Toshkent shahri) – “Kamerlan”

125-130 sm, “B” toifasi
1. Saidamirxon Turg‘unboyev (Toshkent shahri) – “Chaman”
2. Nurjan Tuyakbayev (Andijon) – “Korado”
3. Bahromjon Gaziyev (Toshkent shahri) – “La Blue Rouge”

130 sm, “D” toifasi
1. Bekzod Qurbonov (Andijon) – “Kalimera”
2. Fayzullo Fayziyev (Toshkent shahri) – “Elchi”
3. Olim Gaziyev (Toshkent shahri) – “Parvoz”

110 sm, “C” toifasi
1. Firdavsbek Davronbekov (Toshkent shahri) – “Report”
2. Akbar Sharipov (Toshkent shahri) – “Kechmeker”
3. Boburjon Valiyev (Toshkent shahri) – “Abadja Dos Dorados”

110 sm, “E” toifasi
1. Ibrohim Yo‘ldoshev (Toshkent shahri) – “Radiberger”
2. Madina Hidoyatova (Toshkent shahri) – “Aragon”
3. L. Tohirjonov (Toshkent shahri) – “Risotto”

Text to speech