FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Oktyabr 2021 3429

Faxriy kurashchimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

Ayni kunlarda Gretsiyaning Lutraki shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bir nechta yosh toifasida o‘tkazilayotgan dunyo birinchiligida Ziyodulla Abdullayev murabbiyligidagi uch nafar erkin va yunon-rum kurashchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Erkin kurash bahslarida Abdujalil Abdurahmonov (-62 kg) va Usmonjon Yusupov (-88 kg), yunon-rum kurashi bellashuvlarida Sanjar Umarxo‘jayev (-100 kg) gilamga chiqadi.

Quvonarlisi, yaqindagina o‘zining 56 yoshini qarshilagan Abdujalil Abdurahmonov o‘z toifasida, ya’ni 40 yoshdan oshganlar bahsida jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi. Abdurahmonov rossiyalik Gerasim Dyakonovni 5-0, AQSh vakili Jeffrey Mallettni 4-0 hisobida yengdi. Yarim finalda moldovalik Boris Savvaga yutqazib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa armanistonlik Jora Xovannisyanni 3-0 hisobida taslim etdi. Ushbu vazn toifasida Boris Savva jahon chempioni bo‘ldi.

Bugun Usmonjon Yusupov medallar uchun kurashga kirishadi. Uning ilk bosqichdagi raqibi qirg‘izistonlik Roman Saribayev bo‘ladi.

Text to speech