FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Oktyabr 2021 3521

“Olimpik” O‘zbekistonning 14 karra chempioniga munosib qarshilik ko‘rsatdi

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi chorak final uchrashuvi doirasidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Paxtakor” uchrashuvi o‘tkazildi. Qiziqarli kechgan bahsda “sherlar” 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘yindagi yagona gol 64-daqiqada “Paxtakor” yarim himoyachisi Abror Ismoilov tomonidan kiritildi. 90 daqiqa davomida Timur Kapadze shogirdlari bir qator vaziyatlarni yuzaga keltira olishgan bo‘lsa ham, yakuniy nuqtani qo‘yishda ularga biroz omad yetishmadi.

O‘zbekiston Coca Cola kubogi, chorak final

“Olimpik” – “Paxtakor” 0:1

Gol: Abror Ismoilov – 64`

Qayd etish joiz, “Olimpik” Pro-liga jamoalari orasida kubokning chorak final bosqichiga yetib kelgan yagona jamoa bo‘ldi. Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga hozirlik ko‘rayotgan jamoamizning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz. “Paxtakor”ni esa yarim final yo‘llanmasi bilan qutlaymiz.

Text to speech