20 Oktyabr 2021 2750

O‘zbekiston bilyard federatsiyasi rahbariyatiga “O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi

Bugun MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov O‘zbekiston bilyard federatsiyasi rahbariyatini qabul qildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston bilyard federatsiyasi raisi O‘tkir Kamilov, uning o‘rinbosarlari Sultonxo‘ja Ma’rufxo‘jayev hamda Lutfullo Akbarov qatnashdi. MOQ raisi mutasaddilarni qabul qilar ekan, ularga yurtimizda ushbu sport turini jonlantirishda olib borayotgan xizmatlari uchun tashakkur bildirib o‘tdi. Qayd etish joiz, so‘nggi paytda Respublikamizning turli hududlarida bilyard bo‘yicha bir qator rasmiy musobaqalar tashkil etilib, ularga qo‘shni mamlakat vakillari ham jalb etilmoqda. Bilyard federatsiyasi rahbariyatining olib borayotgan bunday xizmatlari e’tiborga olinib, ularga “O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Sir emaski, bilyard o‘ynash ko‘plab yoshlarimizning sevimli hobbilaridan biri hisoblanadi. Tashkil etilgan federatsiyaning sa’yi-harakatlari bilan yoshlarimiz o‘z hobbilari bilan sportchi maqomida shug‘ullanishlari, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishlariga imkoniyat yaratib berilmoqda.

Text to speech