19 Oktyabr 2021
1349
Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etgan delegatsiya endi o‘z yurtiga qaytdi
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan Kuk orollari delegatsiyasi Yangi Zelandiya orqali o‘tgan yo‘nalish va undagi karantin talablari sabab endi o‘z uyiga qaytdi.
Kuk orollari Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari Xyu Grem boshchiligidagi delegatsiya 13 hafta avval Yaponiyaga jo‘nab ketgan edi. Qaytish yo‘lida ular Yangi Zelandiyadagi tranzit yo‘nalishini tanlashdi. Biroq bu yo‘nalish kuchli lokdaunga tushib qolgach, u yerdagi barcha karantinga olindi. Shu bois delegatsiya rahbari va Olimpiadada qatnashgan 6 nafar sportchi uzoq vaqt uylariga qayta olishmagan edi. Nihoyat, ular o‘z vatanlariga qaytishdi.