Shavkat Mirziyoyev: “Yangi tariximizda ilk bor og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida joriy yilning dekabr oyida poytaxtimiz ilk bor og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishini rasman ta’kidladi.
“Osiyo va jahon chempionatlarini o‘zimizda o‘tkazish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni davom ettirib, Toshkent shahrida 2024 yilgacha “Olimpiya shaharchasi” quriladi. Kelgusi yilda Shayxontohurda 2,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi ishga tushiriladi. Yangihayot tumanida yoshlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratish maqsadida jami quvvati 2,5 ming o‘rinli universal sport kompleksi barpo etiladi. Yangi tariximizda ilk bor shu yil dekabr oyida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. 2022 yilda dzyudo, 2023 yilda boks bo‘yicha jahon chempionatlari, 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari ham aynan poytaxtimizda o‘tkaziladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.