FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Oktyabr 2021 6887

Super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev 43 yoshda!

Bugun o‘zbek boksining taniqli vakillaridan biri, super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Chagayev Ruslan Shamilovich 1978-yil 19-oktyabr kuni Andijonda dunyoga kelgan. Havaskor boksda faoliyatini boshlagan hamyurtimiz ikki karra Osiyo va jahon chempioni, Bangkok-1998 Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Sidney-2000 yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi hisoblanadi. 2007-yil Germaniyada o‘tgan boks oqshomida rossiyalik Nikolay Valuyevni yengib, super og‘ir vazn toifasida WBA kamarini qo‘lga kiritgan. Ta’kidlash joiz, Chagayev og‘ir vazn toifasida bunday titulga sazovor bo‘lgan osiyolik ilk bokschidir. Vatanimiz nomini dunyoga tanitgani bois hukumatimiz tomonidan “Buyuk xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” hamda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ruslan Chagayevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech