18 Oktyabr 2021 2066

Pekin-2022 qishki Olimipiya o‘yinlarining mash’alasi alanga oldi

Bugun Gretsiyaning qadimiy Olimpiya shaharchasida Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining mash’alasi alanga oldi. Mazkur tadbirda Gretsiya Prezidenti Katerina Sakellaropulu, XOQ Prezidenti Tomas Bax, Gretsiya MOQ rahbariyati va jahon sportining taniqli vakillari ishtirok etishdi.

Epidemiologik vaziyat sabab marosim muxlislarsiz o‘tdi. Gretsiya MOQning ma’lum qilishicha, mash’ala estafetasini tog‘ chang‘isi bo‘yicha greklarning taniqli sportchisi Ioannis Antoniu boshlab beradi. Shundan so‘ng qadimiy “Panatinaikos” stadionida mash’alani bo‘lajak Olimpiada mezboni – Pekin shahri mutasaddilari va musobaqa tashkiliy qo‘mitasi vakillari qabul qilib olishadi.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu tadbirga ham tomoshabinlar kirishi man etiladi. Tomas Bax boshchiligida o‘tadigan marosimga akkreditatsiyadan o‘tgan 200 shaxs kira oladi. Mash’ala 19-oktyabr kuni Pekinga olib ketiladi.

Text to speech