18 Oktyabr 2021 365

Buxoroda eng kuchli yosh bokschilarimiz aniqlandi

Buxoro shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 362 nafar bokschi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejining sport zalida chempionatning final bellashuvlari o‘tkazildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa finalini tomosha qilish uchun Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, muxlislar va OAV xodimlari kelishdi. Musobaqada umumjamoa hisobida mezbon Buxoro viloyati vakillari birinchi o‘rinni egallashdi. G‘olib va sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

E’tiboringizga 2021-yilgi yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari ro‘yxatini taqdim etamiz:

-48 kg.
1-o‘rin: Miralijon Mavlonov (Buxoro)
2-o‘rin: Humoyunmirzo Abdurasulov (Farg‘ona OZK)
3-o‘rinlar: Baxtiyor Yaxshiboyev (Samarqand), Muhammadqodir Tojiraliyev (Andijon)

-51 kg.
1-o‘rin: Xo‘janazar Nortojiyev (Surxondaryo)
2-o‘rin: Muhammadjon Abdullayev (Farg‘ona)
3-o‘rinlar: Ahmadjon Qo‘ziboyev (Urganch OZK), Javohir Qo‘ysinov (Respublika OZK)

-54 kg.
1-o‘rin: Abduvali Bo‘riboyev (Andijon)
2-o‘rin: Sayat Ilyasov (Chirchiq OZK)
3-o‘rinlar: Sardorbek Hakimjonov (Farg‘ona), I.Nuriddinov (Toshkent viloyati)

-57 kg.
1-o‘rin: Baxtiyor Asadov (Buxoro)
2-o‘rin: Mirkomil Sayitoxunov (Andijon OZK)
3-o‘rinlar: Daler Bozorov (Buxoro), Hasan O‘razaliyev (Jizzax)

-60 kg.
1-o‘rin: Suhrob Aminov (Qoraqalpog‘iston)
2-o‘rin: Zabardast Hayotov (Buxoro)
3-o‘rinlar: Amirjon G‘anijonov (Chirchiq OZK), Muhammadali Azimjonov (Andijon)

-63,5 kg.
1-o‘rin: Javohir Ummataliyev (Dinamo)
2-o‘rin: Xusan Turdaliyev (Toshkent viloyati)
3-o‘rinlar: Suhrob Abdullayev (Chirchiq OZK), Bilol Ixvolov (Andijon)

-67 kg.
1-o‘rin: Fazliddin Erkinboyev (Namangan OZK)
2-o‘rin: Shavkatjon Boltayev (Chirchiq OZK)
3-o‘rinlar: Bekzod Begmurodov (Dinamo), Amanbek Konsbekov (Buxoro)

-71 kg.
1-o‘rin: Alisher Ayupov (Buxoro)
2-o‘rin: To‘rabek Xabibullayev (Toshkent viloyati)
3-o‘rinlar: Aziz Bahromqulov (Samarqand), Samandar Qosimov (Farg‘ona OZK)

-75 kg.
1-o‘rin: Javohir Mirzajonov (Toshkent)
2-o‘rin: Rahmatillo Boymatov (Namangan)
3-o‘rinlar: Bekzod To‘rayev (Xorazm), Boborahim Dehqonov (Farg‘ona OZK)

-80 kg.
1-o‘rin: Abdulaziz Abdurahmonov (Andijon OZK)
2-o‘rin: Samandar Jalolov (Dinamo)
3-o‘rinlar: Sardor Tursunov (Andijon OZK), Sherzod Mahmudjonov (Andijon)

-86 kg.
1-o‘rin: Jamoliddin Qozoqov (Andijon)
2-o‘rin: Ozod Shodiyev (Toshkent viloyati)
3-o‘rinlar: Humoyunmirzo Odiljonov (Andijon), Sobir Rejamatov (Toshkent)

-92 kg.
1-o‘rin: Aynazar Kenesbayev (Qoraqalpog‘iston)
2-o‘rin: Elyor Jo‘rayev (Namangan OZK)
3-o‘rinlar: Ulug‘bek Shomurodov (Samarqand), Damir Abloqulov (Samarqand)

+92 kg.
1-o‘rin: Ravshan Soliyev (Buxoro)
2-o‘rin: Muhammad Fayzullayev (Buxoro)
3-o‘rinlar: Diyorbek Abdumutaliyev (Namangan), Abubakr Haydarov (Samarqand)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech