18 Oktyabr 2021 1712

Sambochilarimiz jahon chempionatida tarixiy natija qayd etishdi

Sambo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi Gretsiyaning Saloniki shahrida o‘tgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni oldi. Birinchi pog‘onadan Rossiya terma jamoasi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Ukraina vakillari yakun yasashdi.

Qayd etish lozimki, o‘zbek sambochilari ilk marotaba jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bungacha sambochilarimizning bunday jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi uchinchi pog‘ona bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati yakuniga ko‘ra O‘zbekiston sambochilari 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza, umumiy hisobda 17 ta medal qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sambochilarimizni, ularning murabbiylarini va O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasini muborakbod etadi.

Text to speech