FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Oktyabr 2021 3517

Sambochilarimizdan yana uchta medal

Soloniki (Gretsiya) shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etadi. Quvonarlisi, hamyurtlarimiz bugungi kunni ham medallar bilan yakunlashdi.

Yigitlarimizdan Musoxon Ziyadinov -71 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Qizlarimizdan Azada Aymuratova (-59 kg) final bahsida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, -72 kg vazn toifasida Begoyim Hayitova jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini taqdim qildi.

Shu tariqa jamoamizning mazkur musobaqada jamg‘argan medallari soni 17 (6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza) taga yetdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindorga aylanishdi:

Oltin:
-53 kg: Egambergan Iskandarov (o‘smirlar)
-50 kg: Gulhayo Jo‘rayeva (o‘smir qizlar)
-79 kg: Shaxzodxo‘ja Sharipov (o‘smirlar)
-50 kg: Sabina Davlatova (yoshlar)
-64 kg: Shahriyor Mamatqulov (yoshlar)
-71 kg: Musoxon Ziyadinov (yoshlar)

Kumush:
-47 kg: E’zoza Abdumo‘minova (o‘smir qizlar)
-58 kg: Azam Rashidov (yoshlar)
-59 kg: Azada Aymuratova (yoshlar)

Bronza:
-98 kg: Murod Erkinov (yoshlar)
+98 kg: Dilrux Asliddinov (yoshlar)
-64 kg: Bexruz Omonov (o‘smirlar)
-54 kg: Shaxzoda Azatova (o‘smir qizlar)
-54 kg: Gulchiroy Ismoilova (yoshlar)
-88 kg: Mirjalol Normo‘minov (o‘smirlar)
-65 kg: Gulina Oblaqulova (o‘smir qizlar)
-72 kg: Begoyim Xayitova (yoshlar)

Text to speech