FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Oktyabr 2021 3703

Jahon arenasiga kirib kelayotgan yangi liganing faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

22-oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da aralash jang san’ati bo‘yicha “MURADOV PROFESSIONAL LEAGUE” ligasining ilk turniri bo‘lib o‘tadi. Bugun MOQda mazkur tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, UFCda jang qilgan ilk o‘zbekistonlik sportchi, “MURADOV PROFESSIONAL LEAGUE” ligasining asoschisi Mahmud Murodov, shuningdek, bo‘lajak oqshomda jang qiladigan bir necha hamyurtlarimiz ishtirok etishdi.

Anjumanda Mahmud Murodov mazkur liganing faoliyati, maqsadi va rejalari xususida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, Murodov xorijda yurgan mahoratli o‘zbek jangchilarini ushbu ligada birlashtirish, uni jahon arenasiga olib chiqish, asosiysi, tashkil etilayotgan birinchi kechadan tushadigan mablag‘larni xayriya tariqasida bolalar uyiga taqdim qilish niyatida ekanini gapirib o‘tdi. Konferensiyaning to‘liq qismini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Text to speech