16 Oktyabr 2021 2120

Skandinavcha yurish yuzlab sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilarini birlashtirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida bugun poytaxtimiz ko‘chalari bo‘ylab Skandinavcha yurish marafoni o‘tkazildi.

Poyga Davlat san’at muzeyi oldida boshlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar Islom Karimov nomidagi ko‘cha bo‘ylab Xalqlar do‘stligi maydoni tomon harakatlanishdi. Yo‘nalishning umumiy masofasi 4,6 kilometrni tashkil etdi.

Tadbirda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ xodimlari, Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avaz Karimov va Vazirlikning boshqa mutasaddilari, sport ta’lim muasasalarining rahbarlari va trener-metodistlari, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yengil atletika kafedrasi talabalari, ushbu sport ixlosmandlaridan iborat jami 300 nafardan ziyod kishi qatnashdi.

Skandinavcha yurish inson salomatligi uchun foydali jihati ko‘p bo‘lgan yo‘nalish hisoblanadi. Shu bois unga bo‘lgan qiziqish butun dunyoda ortib bormoqda. Bugun o‘tkazilgan tadbir ham hamyurtlarimizning salomatliklariga befarq bo‘lmasdan ularni harakatga undovchi ajoyib yurishlardan biri bo‘ldi.

Text to speech