16 Oktyabr 2021 1363

Islom Aslanovni tabriklaymiz!

Bugun Paralimpiya terma jamoamiz a’zosi Islom Asanov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Islom Asanov 1993-yil 16-oktyabr kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Para-suzish bo‘yicha S13 toifasida (ko‘rish qobiliyatidagi nuqson) terma jamoamiz sharafini himoya qiladi. 2018-yil Para-Osiyo o‘yinlarida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Jahon kubogi bosqichlari sovrindori. Bu yil Tokio shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan. Ushbu natijasi evaziga “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Islom Asanovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech