FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Oktyabr 2021 3347

Rapira yo‘nalishi uchun imtihonlar yakunlandi

Ma’lum qilganimizdek, ayni kunlarda Toshkentda ilk bor qilichbozlik bo‘yicha hakamlar uchun xalqaro sinov-imtihon bo‘lib o‘tmoqda. Bugun rapira qurolidagi sinov-imtihonlari yakuniga yetdi.

Kecha ushbu dastur bo‘yicha nazariy va videotahlil bo‘yicha test o‘tkazilgan edi. Bugun ushbu yo‘nalishlardan o‘tgan nomzodlar amaliy imtihon topshirdilar. Unda sportchilar ko‘rgazmali jang tashkil etishdi va nomzod hakamlar jarayonni nazorat qilib borishdi.

Dastlab imtihonni boshlagan 15 nafar nomzod hakamdan yakunda 8 nafari berilgan vazifalarni muvaffaqiyatli yakunlab, ushbu yo‘nalishda xalqaro toifadagi hakam darajasiga ega bo‘ldi. Quvonarlisi, ular orasida 5 nafar hamyurtimiz ham bor.

Rejaga ko‘ra, ertaga shpaga bo‘yicha nazariy va videotahlil bo‘yicha sinovlar bo‘lib o‘tadi.

Text to speech