FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Oktyabr 2021 3159

Velosiped sporti ommaviyligini yanada oshirish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5251 sonli qarorida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi amaliy ishlarni boshlab yubordi.

Ayni kunlarda federatsiya bosh kotibi Kozim O‘rinboyxo‘jayev viloyatlarda ushbu sport ommaviyligini oshirish maqsadida viloyat hokimlari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Shu paytgacha federatsiya mutasaddilari Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov va Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qabulida bo‘lishdi.

Suhbat davomida Prezident qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishda hamkorlikda ishlash, mamlakatimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish orqali aholi salomatligini oshirishga hissa qo‘shish, hududlarda hamyurtlarimiz uchun velosiped yo‘laklarini ko‘paytirish kabi masalalar haqida fikr almashildi.

Text to speech