13 Oktyabr 2021 1659

“Olimpik” “Nurafshon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bugun futbol bo‘yicha Pro-liga bahslarining navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida MOQ qoshida tashkil etilgan “Olimpik” klubi Buxoroning “Nurafshon” klubini qabul qildi.

JAR stadionida kechgan bahs Timur Kapadze shogirdlarining tashabbusi ostida o‘tdi va hisob ham shunga yarasha bo‘ldi. O‘yinda ulkan ustunlikka ega bo‘lgan “Olimpik” yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoa safida Bektemir Abdumannonov dubl qayd etgan bo‘lsa, Muhammadaziz Ibrohimov, Alisher Odilov va Farruh Muxtorov o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Pro-liga, 21-tur
Olimpik – Nurafshon 5:0
Gollar: 15 – Muhammadaziz Ibrohimov (1:0), 17 – Bektemir Abdumannonov (2:0), 36 – Alisher Odilov (3:0), 70 – Farrux Muxtorov (4:0), 90 – Bektemir Abdumannonov (5:0)

Qayd etish joiz, ushbu uchrashuvni MOQ mutasaddilari ham bevosita stadiondan kuzatib borishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Olimpik” turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eslatib o‘tamiz, mavsumni ushbu pog‘onada tugatgan klub Superligada 12-o‘rinni egallagan jamoa bilan yangi mavsumda elitada ishtirok etish uchun o‘tish uchrashuvida ishtirok etadi.

Bugungi kungacha Farg‘onaning “Neftchi” va Samarqandning “Dinamo” klublari kelasi mavsum Superligida ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurdi. Bu bilan ushbu klublarni qutlab qolamiz. O‘z navbatida, o‘tish bosqichi orqali so‘nggi yo‘llanma sari kurash olib boradigan jamoamizga ham omad tilaymiz.

Text to speech