FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Oktyabr 2021 3301

“Keksalar haftaligi”da samarqandlik faxriylar faol bo‘ldi

Bir necha kundan buyon yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” Samarqand viloyatida ham o‘ziga xos tadbirlar bilan qarshi olindi.

Viloyat hokimligining qaroriga ko‘ra, Samarqandning bir qator tumanlarida keksalar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar qatori ularning salomatligini mustahkamlash, jismoniy faolligini yanada oshirish maqsadida ko‘plab sport musobaqalari ham tashkil etildi. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahri, Nurobod, Oqdaryo kabi tumanlarda shaxmat-shashka, piyoda yurish tadbirlari aholining katta qismini qamrab oldi.

Haftalik mobaynida taniqli murabbiylaridan biri, Mirjalol Qosimov, Shuhrat Maqsudov, Sergey Andreyev kabi o‘zbek futboli yulduzlarini tarbiyalab bergan Yuriy Gospodarchukka “O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Text to speech