FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Oktyabr 2021 3332

Olbiya qahramonlari tantanali kutib olindi

6-10-oktyabr kunlari Italiyaning Sardiniya oroli Olbiya shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Xabar berganimizdek, ushbu nufuzli musobaqada Ulug‘bek Azizov murabbiyligidagi 21 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, yakunda 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan 80 ga yaqin davlat orasida 11-o‘rinni egallagandi. Hamyurtlarimizdan Suhrob Rajabov (-100 kg) kumush, O‘tkirbek To‘raboyev (-100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Bugun tunda O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi Istanbul orqali yurtimizga qaytib keldi. Dzyudochilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida keng sport jamoatchiligi, ularning ota-onalari, yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.

Text to speech