11 Oktyabr 2021 1585

O‘zbekiston chavandozlari Yevroosiyo kubogida g‘alaba qozondi!

7-10-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Bekzod Qurbonov “King Cornet L” laqabli oti bilan turnirning mutlaq chempioniga aylandi, Umid Kamilov esa “Nero Uno Rafael” laqabli otda kumush medalini qo‘lga kiritdi. Yana bir chavandozimiz A’zam Tolibboyev o‘zining “Lady” laqabli otida faxriy to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

So‘nggi yillarda ushbu sport turi, qolaversa, naslchilik va zotdor otlarni ko‘paytirish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amho‘rlik samarasi o‘laroq ot sportida chavandozlarimiz xalqaro maydonda ma’lum yutuqlarga erishishmoqda. Bu safargi musobaqa ham so‘zimizning amaliy isbotidir.

Fursatdan foydalanib, sportchi va murabbiylarimizni, O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasini mazkur g‘alaba va ajoyib natija bilan tabriklaymiz!

Text to speech