11 Oktyabr 2021 1673

Boburjon Omonovni tabriklaymiz!

Bugun para-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Boburjon Omonov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Boburjon Omonov 2000-yil 11-oktyabr kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. F41 toifasida yadro uloqtirish bo‘yicha qatnashadigan vakilimiz 2017-yil yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida zafar quchdi va 1 yil o‘tib Indoneziyada ham ushbu muvaffaqiyatini takrorladi. 2019-yil esa o‘z toifasida jahonda ham tengsiz ekanligini isbotlab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2019-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Milliy sport mukofoti-2019” tanlovida “Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi” nominatsiyada g‘olib bo‘lgan. Joriy yil Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ham zafar qozonib, delegatsiyamiz hisobiga oltin medallardan birini taqdim qilgan. Ushbu natijalari evaziga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Boburjon Omonovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech