10 Oktyabr 2021 1616

Qardosh xalqlarning eng kuchli jangchilarini birlashtirgan musobaqa yakunlandi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida aralash jang san’ati bo‘yicha ilk bor o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Ikki kun davom etgan musobaqada mintaqamizning kuchli jangchilari bahs olib borishdi.

Quvonarlisi, 10 vazn toifasidan 7 tasida finalga chiqqan hamyurtlarimizning barchasi o‘z bellashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi va oltin medalga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek, vakillarimiz 8 ta bronza medallarini ham o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishdi. Bu esa umumjamoa hisobidagi eng yaxshi ko‘rsatkich ekani, shubhasiz. Musobaqa g‘olib va sovrindorlarining to‘liq ro‘yxati:

53.2 kg vazn toifasi
1. Yersultan Shakenbay (Qozog‘iston)
2. Vohid Zohidzoda (Tojikiston)
3. Odil Sayfiddinov (O‘zbekiston)
3. Yoqubjon Safarov (Tojikiston)

56.7 kg vazn toifasi
1. Jamshid Tillayev (O‘zbekiston)
2. Dastan Jakipbekov (Qozog‘iston)
3. Shuhrat Ismatov (Tojikiston)
3. Nihad Melikov (Ozarbayjon)

61.2 kg vazn toifasi
1. Yerkebulan Begasiluli (Qozog‘iston)
2. Salaut Kabi (Qozog‘iston)
3. Huvaydullo Tabarov (Tojikiston)
3. Adiguzel Guliyev (Ozarbayjon)

65.8 kg vazn toifasi
1. Shukurjon Rustamov (O‘zbekiston)
2. Oljas Moldagaliyev (Qozog‘iston)
3. Farruhjon Olimjonov (O‘zbekiston)
3. Ibrohim G‘ofurov (Tojikiston)

70.3 kg vazn toifasi
1. Ne’mat Asadov (Qozog‘iston)
2. Yusuf Aliyev (Ozarbayjon)
3. Daler Yo‘ldoshev (O‘zbekiston)
3. Mas’ud Odinayev (Tojikiston)

77.1 kg vazn toifasi
1. Munis Mo‘minjonov (O‘zbekiston)
2. Bogdan Pshebelskiy (Qozog‘iston)
3. Azizjon G‘ulomhasanov (O‘zbekiston)
3. Jaksibek Aymaxanov (Qozog‘iston)

83.9 kg vazn toifasi
1. Zokir Mamarasulov (O‘zbekiston)
2. Fariddun Shonazarov (Tojikiston)
3. Axmet Smetullayev (O‘zbekiston)
3. Sanjar Jaksilikbayev (Qozog‘iston)

93 kg vazn toifasi
1. Husanboy Rahimov (O‘zbekiston)
2. Aleksandr Val (Qozog‘iston)
3. Ilyos Komilov (O‘zbekiston)
3. Jamshid Bozorov (Tojikiston)

120.2 kg vazn toifasi
1. Hasanboy Rahimov (O‘zbekiston)
2. Azmuddin Vahobov (Tojikiston)
3. Fayzullo Mahammatov (O‘zbekiston)
3. Konstantin Chernichenko (Qozog‘iston)

+120.2 kg vazn toifasi
1. Ixtiyor Xolmurodov (O‘zbekiston)
2. Asadbek Mannonov (Tojikiston)
3. Hakimjon Ismoilov (O‘zbekiston)
3. Beknur Bekkuli (Qozog‘iston).

Text to speech