FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Oktyabr 2021 3916

Yetti nafar jangchimiz Markaziy Osiyo chempionligi uchun bahs olib boradi

Ma’lumki, hozirda aralash jang san’ati ustalarining nigohi Nukus shahriga qaratilgan. U yerda ushbu sport turi bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Kecha ushbu turnirning saralash janglari va tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muxlislarga katta quvonch ulashayotgan mazkur musobaqaning ochilish marosimi ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Qayd etish joiz, jangchilarimiz saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. 10 vazn toifasidan 7 tasida hamyurtlarimiz final yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishdi.

Bugun 15:00 da start oladigan final janglarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

52.2 kg:
Yersultan Shakenbay (Qozog‘iston) – Vohid Zohidzoda (Tojikiston)

56,7 kg:
Jamshid Tillayev (O‘zbekiston) – Dastan Jakipbekov (Qozog‘iston)

61.2 kg:
Kabi Salovat (Qozog‘iston) – Yerkebulan Begasiluli (Qozog‘iston)

65.8 kg:
Shukur Rustamov (O‘zbekiston) – Oljas Moldagaliyev (Qozog‘iston)

70.3 kg:
Ne’mat Asadov (Qozog‘iston) – Yusuf Aliyev (Ozarbayjon)

77.1 kg:
B. Pshebelskiy (Qozog‘iston) – Munis Mo‘minjonov (O‘zbekiston)

83.9 kg:
Zokir Mamarasulov (O‘zbekiston) – Fariddun Shonazarov (Tojikiston)

93 kg:
Husan Rahimov (O‘zbekiston) – Aleksandr Val (Qozog‘iston)

-120.2 kg:
Hasan Rahimov (O‘zbekiston) – Azmuddin Vaxobov (Tojikiston)

+120,2 kg:
Ixtiyor Xolmurodov (O‘zbekiston) – Asadbek Mannonov (Tojikiston)

Text to speech