FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
9 Oktyabr 2021 3383

Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini ikkita medal bilan yakunlashdi

Italiyaning Olbiya shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Terma jamoamiz ushbu musobaqaning yakkalik bahslarini 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi.

-100 kg vazn toifasi finalida gruziyalik Iliya Sulamanidze bilan bahs olib borgan Suhrob Rajabov, afsuski, imkoniyatni boy berib qo‘ydi va chempionatni kumush medal bilan tugatdi. Ushbu vaznda bronza medali uchun kurashgan O‘tkirbek To‘raboyev esa germaniyalik Kilian Kappelmayerga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. +100 kg vaznda bronza medali uchun kurashgan boshqa bilan polvonimiz Shohruh Mamarasulov raqibiga mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa terma jamoamiz yakkalik bahslarini 1 tadan kumush va bronza bilan yakunladi. Ertaga dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda ishtirok etishadi. Undagi dastlabki raqib Germaniya jamoasi bo‘ladi.

Text to speech