FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
9 Oktyabr 2021 3696

Triatlon bo‘yicha Osiyo kubogining g‘oliblari aniqlandi

Poytaxtimizda triatlon bo‘yichi Osiyo kubogining asosiy yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Sprint yo‘nalishida kechgan musobaqada Marokash va Polsha vakillari g‘alaba qozonishdi.

Musobaqa reglamentga ko‘ra, 750 metrga suzish, 20 km velopoyga va 5 km yugurish dasturida o‘tkazildi. Bugun Toshkentda sovuq ob-havo hukmronlik qilgan bo‘lsa ham, sportchilarning shiddatli bahsi poygaga yuqori harorat ulashdi. Trassalarda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi, murosasiz bahslar ushbu musobaqaning yana bir esda qolarli jihatlaridan bo‘ldi. Poygani kuzatish uchun kelgan mehmonlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov va boshqa bir qator mutasaddilarni ham ko‘rish mumkin edi.

Natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ayollar o‘rtasida polshalik Paulina Klimas, erkaklar o‘rtasida esa marokashlik Badr Sivane g‘alaba qozondi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Erkaklar:
1. Badr Sivane (Marokash) – 55:32
2. Matsey Bruzdyak (Polsha) – 55:36
3. Vitali Voronsov (Ukraina) – 55:41

Ayollar:
1. Paulina Klimas (Polsha) – 1:01.16
2. Yeva Daniyels (Lyuksemburg) – 1:01.44
3. Liza Berger (Shveysariya) – 1:01.42

Taqdirlash marosimida Viktor Mahmudov boshchiligidagi O‘zbekiston triatlon federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etib, sovrindorlarni qutlab o‘tishdi.

Qayd etish joiz, bunday musobaqa yurtimizda katta tezlikda rivojlanib borayotgan triatlon sportining yanada ommalashishi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. Quyida ushbu musobaqadan olingan sara suratlarni havola qilamiz:

Text to speech