Suhrob Rajabov jahon chempionligi uchun, yana ikki polvonimiz bronza medali uchun kurashadi
Italiyaning Olbiya shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi kuni biz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Quvonarlisi, 3 nafar vakilimiz kechki dasturda medallar uchun bahs olib boradigan bo‘ldi.
Polvonlarimiz orasida -100 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Suhrob Rajabov Qozog‘iston, Braziliya, Slovakiya, Germaniya vakillarini mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bosqichda u gruziyalik Iliya Sulamanidze bilan kuch sinashadi. Shuningdek, ushbu vaznda kurashayotgan O‘tkirbek To‘raboyev va eng og‘ir vazn toifasida Shohruh Mamarasulov bronza medali uchun tatamiga chiqishadi.
Final:
-100 kg: Suhrob Rajabov – Iliya Sulamanidze (Gruziya)
Bronza medali uchun:
-100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev – Kilian Kappelmayer (Germaniya)
+100 kg: Shohruh Mamarasulov – Irakli Demertashvili (Gruziya)
Kechki dasturda kurashadigan uchala hamyurtimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!