FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Oktyabr 2021 3327

MOQ rahbari koreyalik kurash mutaxassisi bilan uchrashdi

Bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov mamlakatimizda o‘zbek milliy kurashi rivojini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida koreyalik investor, kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Er Jun Kim bilan uchrashdi.

Ushbu mutaxassis bir necha yil Xalqaro kurash assotsiatsiyasining hakamlar bo‘limi rahbari, Koreya Respublikasi kurash federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat olib borgan. Bugungi kunda mamlakatimizda investorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Aytish mumkinki, uning faoliyati mamlakatimizning nafaqat iqtisod, balki sport yo‘nalishiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda. Bugungi muloqotda bunga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tomonlar suhbat davomida milliy kurashimiz istiqbolini yanada yuksaltirish, mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlash kabi mavzularga batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Text to speech