FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Oktyabr 2021 3690

Nukusda ilk bor aralash jang san’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati start olmoqdaм

Ma’lumki, 9-10-oktyabr Nukus shahri aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida birinchi marotaba o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

2020-yil 9-fevralda Markaziy Osiyo aralash jang san’atlari Konfederatsiyasi (CAMMAC)ga asos solingan edi. Ertaga ilk marotaba start oladigan chempionat aynan CAMMAC, Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi va O‘zbekiston jang san’atlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Tabiiyki, turnirda ushbu tashkilotga a’zo 5 ta mamlakat vakillari ishtirok etadi. Bular – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon aralash jang san’ati ustalardir.

Bugun ushbu musobaqaga bag‘ishlab Nukus harbiy garnizonidagi madaniyat saroyida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda tashkilotchilar OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi.

Shuningdek, matbuot anjumanida musobaqaning faxriy mehmoni – Xalqaro aralash jang san’ati federatsiyasi prezidenti janob Kerrit Braun so‘zga chiqib, chekka-chekka hududlarda ham sport turlariga berilayotgan e’tibor, sportchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar tufayli bugungi kunda xalqaro maydonlarda o‘zbek sportining nufuzi ortib borayotganligi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘istondagi BO‘SM, Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.

Ertaga, 9 oktyabr kuni Markaziy Osiyo chempionati boshlanadi. Unga ko‘ra, sportchilar 52.2 kg, 56.6 kg, 61.2 kg, 65.8 kg, 70.3 kg, 77.1 kg, 83.9 kg, 93 kg, 120 kg hamda 120 kg.dan yuqori vazn toifalarida saralash bahslariga kirishadi. Musobaka Nukus shahridagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli «Manej» sport majmuasida o‘tkaziladi.

Text to speech