Jahon chempionatida dastlabki oltin
Saudiya Arabistonning Jidda shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyorbek Ermatov dast ko‘tarish mashqida 132 kg natija bilan ushbu yo‘nalishda tengsiz ekanini isbotladi. Shu tariqa vakilimiz dast ko‘tarish mashqida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Afsuski, siltab ko‘tarishda kichik omadsizlik vakilimizni sovrinli o‘rindan tushirib yubordi. Bu esa Ermatovning ikki kurash hisobida beshinchi pog‘onada qolishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
O‘smirlar o‘rtasida JCh, Jidda
-73 kg, yigitlar:
1. Nikita Vagin (Rossiya) – 291 (130+161) kg;
2. Nikoloz Esartia (Gruziya) – 287 (128+159) kg;
3. Kilian Lexon (Ispaniya) – 284 (126+158) kg …
5. Diyorbek Ermatov (O‘zbekiston) – 278 (132+146) kg.