Jahon chempionatida yana ikki medal
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana bir hamyurtimiz muvaffaqiyat qozondi.
-55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ozoda Hojiyeva 2 ta medalga sazovor bo‘ldi. Dast ko‘tarishda to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalanishga majbur bo‘lgan Ozoda, siltab ko‘tarishda vaziyatni o‘nglay oldi.
Sportchimiz dastlabki urinishida 92 kg, ikkinchi urinishda – 95 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. So‘nggi urinishda esa 98 kgni ko‘tara olmadi. Shunday bo‘lsada, siltab ko‘tarishda hamyurtimiz uchinchi o‘rinni band etdi.
Yakuniy hisobga ko‘ra, 172 kg natija qayd qayd etgan Ozoda ikkinchi o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga jahon chempionatining birinchi kumush medalini qo‘shib qo‘ydi.
Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati, -55 kg, qizlar
1. Estep Katerin Emili (AQSh) 198 kg
2. Ozoda Hojiyeva (O‘zbekiston) 172 kg
3. Leon Perez (Meksika) 171 kg