FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Oktyabr 2021 3349

Suv polochilarimiz jahon chempionatiga jo‘nab ketishdi

Suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Isroil davlatida o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Netaniya shahriga yo‘l oldi.

10-16-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqada Ispaniya, Braziliya, O‘zbekiston, Fransiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Argentina kabi jami 16 terma jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Ta’kidlash joizki, yosh polochilarimizning bo‘lajak nufuzli musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi va terma jamoamiz a’zolari yoshlar o‘rtasida jahon chempionatiga o‘z oldilariga yuqori maqsadlarni qo‘ygan holda yo‘l olishdi.

Musobaqada jamoamiz “D” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, kvartetimizda Braziliya, Rossiya va Vengriya jamoalarini ham ko‘rish mumkin. Jamoamizning mazkur turnirdagi taqvimi quyidagicha:

1-tur:
10-oktyabr: Vengriya – O‘zbekiston

2-tur:
11-oktyabr: O‘zbekiston – Rossiya

3-tur:
12-oktyabr: Braziliya – O‘zbekiston

Text to speech