FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Oktyabr 2021 3420

Uch vazn toifasida to‘rt dzyudochimiz kurashadi

Italiyaning Olbiya shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etadi. Bugun o‘rta vazn toifalarida bellashuvlar kutib turibdi.

Reglamentga ko‘ra, ushbu kun dasturida 3 vazn toifasidagi bahslar o‘tkaziladi. Unda quyidagi 4 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:

-73 kg: Jayhunbek Nazarov – Kantemir Xazmetov (Rossiya)
-57 kg: Shukurjon Aminova – Kseniya Lagitskaya (Rossiya)
-63 kg: Farangniz Hojiyeva – Karolina Delgado (Kabo-Verde)
-63 kg: Farangniz Rejepova – Akulina Chayeb (Liviya)

Birinchi kun bahslarida yigitlarimizdan Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg) bronza medali uchun kurashda imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Abdulbosit Abdusalimov (-66 kg) yettinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Qizlarimiz esa medallar uchun kurashni erta tark etishdi. Bugun tatamiga chiqadigan vakillarimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech