FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Oktyabr 2021 3609

Bahromjon Gaziyev Xalqaro ot sport federatsiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Ma’lum qilganimizdek, Ispaniyaning Barselona shahri ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Millatlar kubogi”ning final bosqichiga mezbonlik qildi. Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev xalqaro federatsiya rahbari bilan suhbatlashdi.

Xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar de Vos bilan o‘tgan uchrashuvda Bahromjon Gaziyev har ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish borasida qator istiqbolli rejalarni muhokama qildi. Qayd etish joiz, terma jamoamiz murakkabligi jihatdan Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng turuvchi “Millatlar kubogi” finalida o‘z tarixida ilk bor ishtirok etib, ulkan tajriba orttirdi. Bu rivojlanish yo‘lida juda katta qadam ekanligini Ingmar de Vos alohida ta’kidladi va chavandozlarimizga kelgusi musobaqalarda yanada ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishini tilab qoldi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon hamkorlikni yanada mustahkamlashdan mamnun ekanini ta’kidlab, Bahromjon Gaziyev samimiy suhbat uchun minnatdorchilik bildirdi.

Text to speech