6 Oktyabr 2021
1875
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati mezboni aniqlandi
AIBA 2021-yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilishini e’lon qildi. Musobaqa dekabr oyida bo‘lib o‘tadi. Bahslarning aniq sanasiga yaqin kunlar ichida aniqlik kiritiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 2,4 million AQSh dollarini tashkil etadi. Oltin medal sohibalari 100 ming, kumush 50 ming, bronza egalari esa 25 ming dollardan mukofot puliga ega chiqishadi.
Eslatib o‘tamiz, erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati 25-oktabr – 6-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkaziladi.